Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi Dilafruz Ulug‘boyeva rahbarligida tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xalq vakillarining hududlardagi faolligini oshirish hamda kotibiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:
Saylovchilar bilan tizimli muloqot: Mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolar ijrosini qat'iy nazoratga olish;
Deputatlik nazorati: Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan mansabdor shaxslar hisobotlarini eshitish va so‘rovlar ta’sirchanligini oshirish;
Sessiya hujjatlarini tayyorlashda deputatlarga doimiy metodik va amaliy yordam ko‘rsatish.
💬 "Xalq vakillarining har bir so‘rovi ortida fuqarolar ishonchi turibdi. Kotibiyat va deputatlar tuman rivoji yo‘lida yanada tashabbuskor bo‘lishlari lozim", – deya ta’kidladi D.Ulug‘boyeva.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook