Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 19-“O‘rtaqishloq” saylov okrugidan saylangan deputati Komiljon Jumanazarovich Oripov tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Tashrif davomida ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, murojaat va takliflar atroflicha tinglandi. Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘tarilgan murojaatlarni ijobiy hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook