Yangiliklar

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan Galabotir mahallasida mahalla “yettiligi” faoliyati hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faolligini oshirish, erta turmushlarning oldini olish, ajrimlar sonini kamaytirish hamda ajrim yoqasidagi oilalar bilan manzilli va tizimli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy xodimlarning faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni turli yot g‘oya va zararli oqimlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1