Yangiliklar

🔰Ehtiyojmand oilalar doimiy eʼtiborda.

🔸Xalq deputatlari jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov o‘zi saylangan 2-“Yoshlik” saylov okrugi hududidagi “Yoshlik” MFYdagi ehtiyojmand xonadonlarga kirib, fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdi. Har bir oilaning ijtimoiy ahvoli, oziq-ovqat taʼminoti, uy-joy sharoiti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.

🔸Tashrif davomida faqatgina bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish emas, balki oilalarni muqim daromad manbai bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish bo‘yicha mahalladagi “yettilik” tizimi vakillariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3