Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

#24_ta_masala

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, umumiy foydalanish joylari, ariq-zovurlar, yashil hududlar hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududni yanada obod va ozoda saqlash, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning holati baholandi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2