Bu galgi o‘rganish uzoq kutilgan va quvonchli voqea — "Arnabo‘yi" MFY hududidagi 57-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va qurilish ishlari to‘liq yakunlanganini ko‘zdan kechirish maqsadida tashkil etildi.
Quyidagi ishlar yuqori baholandi:
🏢 Maktabning mavjud binosi zamonaviy talablar darajasida mukammal ta’mirlanib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi;
🎒 O‘quvchi yoshlar uchun qo‘shimcha 120 o‘rinli yangi, shinam o‘quv binosi foydalanishga tayyor holatga keltirildi;
🏀 Yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mutlaqo yangi va zamonaviy sport zali qurib bitkazildi.