Yangiliklar

Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Shapiyev Bekbergen Abdreymovich tomonidan “Qushchilik” MFY aholisini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlariga mas’ul tashkilotlardan rasmiy javoblar olindi.

📄 Jumladan, “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limiga mahalladagi gaz bosimining pasayish sabablari bo‘yicha, tuman hokimi o‘rinbosariga esa 2026-yilda hududda tungi yoritgichlar o‘rnatilishi, tosh-qum aralashmasi (ShPS) hamda asfalt yotqizish rejalari yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan edi.

🤝 Mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javob xatlariga ko‘ra, ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

⚡️ Deputatlik so‘rovlari orqali fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4