Yangiliklar

Aholiga qulaylik yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 18-may ish rejasi ijrosi yuzasidan deputat G'.Saitboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 298-sonli qarori ijrosi doirasida Sardoba tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini o'rgandi.
Jumladan, tumanning Otayurt mahallasida ko‘chasida shag'al yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda ichki yo‘llar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2