Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan “Birlashgan” mahallasi hududida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida sababsiz dars qoldirayotgan o‘quvchi holati yuzasidan o‘quvchining otasi bilan profilaktik suhbat va muhokama o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida farzand tarbiyasi, ta’limga bo‘lgan mas’uliyat, maktab va ota-ona hamkorligini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchining dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishini ta’minlash, nazoratni kuchaytirish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlarning bilim olishi, ma’naviy kamoloti va intizomli tarbiyasi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu borada ota-ona, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2