Yangiliklar

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova "Do‘stlik" MFYda bo‘lib, ish reja va 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholining turmush darajasini yaxshilash, oilalarni mustahkamlash, yoshlarni ta'limga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta'minlash hamda innovatsion loyihalar va biznes rejalarini qo‘llab-quvvatlash borasida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallani yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2