Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonov Otabek G‘aniyevich tomonidan Andijon shahar "Bobosadin" MFY, Obi-hayot ko‘chasini asfaltlash masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur ko‘chani asfaltlash uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilingan bo‘lsa-da, amaliy ishlar hali boshlanmagan.

Shu munosabat bilan belgilangan mablag‘ni Obodonlashtirish boshqarmasi hisob-raqamiga o‘tkazish, asfaltlash ishlarini tez fursatda boshlash hamda natijasi bo‘yicha 10 kun muddatda yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Xalq manfaati yo‘lida deputatlik nazorati davom etadi. 

Slide 1 of 2