🏫 14-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
🔹 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputati Xasanov Baxodir Mustafoyevich tomonidan 14-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹 O‘rganish jarayonida muassasadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar muhokama qilindi.
🔹 O‘rganish yakunida bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, sifatli ovqatlantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish ishlari davom etmoqda.