Yangiliklar

Deputat o‘rganuvida natijadorlik

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 24-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat Isroiljon Turdaliyev tomonidan “Navro‘z”
mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Uch-uyli” mahallasida yashovchi fuqaro Aliyeva Nigoraxonning sog‘ligini tiklash masalasida amaliy yordam
so‘rab qilgan murojaati o‘rganilib, tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tuman Markaziy shifoxonasida davolanishi uchun yo‘llanma olib berildi.
 

Shuningdek “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inining Qo‘shtepa mahallasida yashovchi fuqaro Mahkamova Mavludaxonning oilaviy nizolar masalasidagi murojaati o‘rganildi hamda oila a’zolari murosaga keltirilib, yarashtirildi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1