Yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 12 - “Samarqand” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov hokim yordamchisi tomonidan amalga shirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari holati ko‘rib chiqildi. Mazkur mahallada 2746 nafar aholi istiqomat qilib keladi. Hokim yordamchisi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 118 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi bandligi ta’minlangan, 10 nafar ishsiz fuqarolar qayta kasbga o‘qitilgan va 4 tasiga sertifikatlar berilgan. Kambag‘al oilaning bir nfariga ssuda berilgan, 4 nafar tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilgan va 5 ta mikroloyihalar shakllantirilgan bo‘lib, 13 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Kambag‘allikdan chiqarishda va ishsizlikdan holi hududga aylantirishda “Mahalla yettiligi” bilan, ayniqsa “Inson” ijtimoiy markazi bilan yaqindan ma’lumotlar almashish hamda hamkorlikda ish olib borish yuzasidan hokim yordamchisiga kerakli tavsiya va masalahatlar berildi.  

Slide 1 of 2