Yangiliklar

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Zokir Mullajonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatillo Begmatov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.

📍 O‘rganish davomida Taraqqiyot mahallasida yashovchi fuqaroning yashash sharoiti ko‘zdan kechirildi hamda xonadonni ta’mirlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.

🏠 Xususan, xonadonning mavjud texnik holati, ta’mirlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoj hamda mazkur maqsad uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli hujjatlar va mavjud holat tahlil qilindi.

Slide 1 of 2