Mazkur yo‘nalishda 13-Yoyilma saylov okrugi hududida joylashgan 17-sonli umumta'lim maktabida faoliyat yuritayotgan "Shodlik" yozgi oromgohining faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida oromgohda bolalarning xavfsizligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, yaratilgan shart-sharoitlar va dam oluvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar holati tahlil qilindi.
Mazkur masala Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi deputat A.Mahkamovga biriktirilgan bo‘lib, o‘rganish hudud deputati X.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli taklif va tavsiyalar navbatdagi sessiyada muhokama etilishi hamda yoshlarning yozgi ta'tilini yanada mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi belgilandi.