Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Elbek MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Raximova Shohsanam Valiyevnaning yashash sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning oilaviy va ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Raximova Shohsanam Valiyevna 1-guruh nogironi bo‘lib, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga istiqomat qiladi.

Deputat tomonidan xonadondagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, oila a’zolarining ehtiyojlari va muammolari tinglandi.

Aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4