Yangiliklar

Mahallalar obodligi va xavfsizligi – bosh maqsadimiz!

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Xushnudbek Sultonov tashabbusi bilan tumandagi “Muxabbat” va “Rayxon” mahallalarida yashovchi aholining murojaatlariga asosan tungi yoritish tizimini yaxshilash choralari koʻrilmoqda.

Koʻchalarning tungi vaqtda yorugʻ va xavfsiz boʻlishi, piyodalar hamda haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy deputat soʻrovi kiritildi.
Aholi tomonidan koʻtarilgan har bir masala eʼtibordan chetda qolmaydi, muammoning hal etilishi deputat nazoratida boʻladi.