O‘rganish davomida Xalqlar Do‘stligi mahallasidagi 31-sonli ko‘p qavatli uy hamda 4-, 5-, 57- va 58-sonli ko‘p qavatli uylarning yerto‘la (podval) qismi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududdagi 4 va 7 qavatli ko‘p qavatli uylarning liftlari faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur uy-joylarga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi liftlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ayrim liftlarda texnik nosozliklar kuzatilayotgani va bu holat aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilandi. Liftlardagi nosozliklarni bartaraf etish, ularning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi nazoratga olindi.