Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 7-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputati Shuxrat Norqobilov tomonidan “Gulobod” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv doirasida mahalla fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan huquq va kafolatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Qonunning asosiy maqsadi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, harakat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash hamda fuqarolarning hayoti va salomatligini muhofaza qilishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3