Yangiliklar

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Mazkur Qonun oila a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan.
O‘rganish jarayonida mahalla tomonidan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish hamda tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hokim yordamchisi bilan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2