Yangiliklar

Deputat va saylovchilar uchrashuvi

Deputat va saylovchilar uchrashuvi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

🏢 4-sonli umumta’lim maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda deputat saylovchilarga 1-chorak yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hisobot va atroflicha axborot berdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

1-chorak davomida hududda bajarilgan ishlar tahlili;

Saylovchilarning taklif va murojaatlarini tinglash;

Mahalladagi mavjud muammolarni hal etish choralari.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar. Aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.