🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta‘minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasb-hunar hamda IT-texnologiyalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
🔹Deputat yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni tinglab, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini belgiladi.