👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapoyev Sulaymon Dilshod o‘g‘li tomonidan tumandagi Mevazor mahallasida uyushmagan yoshlarning muammo va takliflari o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💈 Jumladan, aniqlangan ehtiyojlar asosida fuqaro Qalandarov Ixtiyorga erkaklar saloni tashkil etish uchun Agrobank ATB Shovot filiali tomonidan 30 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
💻 Shuningdek, fuqaro Jumabayev Dilshodga internet kafe faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq banki Shovot tumani filiali tomonidan 70 million so‘m imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.