Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi hamda pedagogik jarayonlarning tashkil etilish holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2