Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab hududlarida sanitariya-tozalik holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi, chiqindilar uchun ajratilgan maxsus joylarning holati hamda ekologik madaniyatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mas’ullarga hududlarda sanitariya holatini yanada yaxshilash, chiqindilarni saralash madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda maktab hududlarida doimiy tozalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3