Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev hamda kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tomonidan hududdagi ko'chalarni asfaltlashtirish ishlariga tayyorgarlik jarayoni o'rganildi.

O'rganish davomida ko'chalarni asfaltlashtirishdan avval amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, jumladan, yo'l qoplamasining hozirgi holati, mavjud nosozliklar, texnik tayyorgarlik darajasi hamda qurilish-ta'mirlash ishlarini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi yo'llarda transport harakati xavfsizligini ta'minlash, aholiga qulay sharoit yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan me'yoriylar asosida bajarilishi muhimligi ta'kidlandi.

Tayyorgarlik jarayonida ayrim yo'nalishlarda tekislash, shag'al yotqizish va texnik talablarni to'liq bajarish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rish zarurligi qayd etildi.

Deputat tomonidan mas'ul tashkilot va pudrat korxonalari ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga qat'iy rioya qilish hamda asfaltlashtirish jarayonini nazorat ostida olib borish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4