✅Uchrashuvda bitiruv tadbirlari vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, yoshlar o‘rtasida turli noxush holatlarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ota-onalarga voyaga yetmagan farzandlariga transport vositalarini boshqarish uchun bermaslik, ularni doimiy nazoratda tutish hamda noqonuniy yoki nazoratsiz “bitiruv kechalari” tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅Tadbir yakunida farzandlar xavfsizligini ta’minlashda ota-onalarning mas’uliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi