🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari G‘.Ollamov, M.Ro‘zmetov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan Bo‘yrachi mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🪑 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib faoliyat boshlagan “Ixtiyor mebel” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💰 Korxonani rivojlantirish maqsadida 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, natijada 3 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
👷 Korxonada mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga munosib hissa qo‘shilayotgani ta’kidlandi.
✅ Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.