🔴O‘rganish davomida massivdagi ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarining qurilish sifati hamda belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🔴Yangi O'zbekiston massividagi hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
🔴Shuningdek elektr, gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llari qurilishining yakuniy bosqichlariga qaratilib, zaruriy tavsiyalar berildi.
🔴Deputat tomonidan massivdagi har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan samarali nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
🔴O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni hal etish va qurilishlarni belgilangan tartibda, sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ul ijrochilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
🔴Bu kabi nazorat tadbirlari yangi massivda aholi uchun munosib va zamonaviy yashash sharoitlarini kafolatlashga xizmat qiladi.