Yangiliklar

"Istiqlol" mahallasida deputatlik nazorati va hamkorlik

Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🔴Jarayonda hududda mavjud infratuzilma holati, jumladan ichki yo‘llar, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish ishlari, shuningdek bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari atroflicha o‘rganildi.

🔴Aniqlangan muammolar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar kesimida vazifalar taqsimlandi. Tizimli yondashuvni talab etuvchi masalalar bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilib, tegishli qarorlar ijrosi monitoringga olindi.

🔴Bu kabi nazorat tadbirlari mahalla yettiligi faoliyatida mas’uliyatni oshirish va xalq bilan muloqot tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5