Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova "Farxod" mahallasida bo‘lib, hududda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joyning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
💬 O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
🟢Sifat va xavfsizlik: Qurilish materiallarining mustahkamligi va me’moriy me’yorlarga muvofiqligi;
🟢Ijro intizomi: Qurilish ishlarining belgilangan grafik asosida olib borilishi;
🟢Infratuzilma: Bo‘lajak xonadonlar uchun zarur bo‘lgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati.
💬 Kengash raisi qurilish ishlarini sifatli bajarish va uylarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan pudratchi tashkilot vakillari hamda mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berdi.