🔴Bugun Jarqo‘rg‘on tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir saylov jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.
🔴Bugungi bo'lib o'tgan 20-sessiyani Kengash raisi D.Xashimova olib borib, unda tuman hokimining o'rinbosarlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.
🔴Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan “25-Porloq yulduzi” saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish maqsadida uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash hamda saylov xarajatlari smetasini belgilash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔴Sessiyaning to'liq ishini tuman hokimligining instagram sahifasida hamda Kengashning you tube sahifasida kuzatishingiz mumkin.