Yangiliklar

Оliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, shuningdek, viloyat studiyasidan hududdan saylangan senatorlar, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, tegishli tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.