Yangiliklar

Sessiya kun tartibi — joyida o‘rganish asosida shakllantirilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich va Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda shu oyda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni muhokama qildi.

Muhokama davomida:
🔹 kun tartibiga kiritilgan masalalar mazmuni
🔹 ularning dolzarbligi va ahamiyati
🔹 joylardagi real holatni o‘rganish zarurati alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyaga kiritilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha:
👤 ekspert guruhi a’zosi M.Mamutov
👤 kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanovga aniq topshiriqlar berildi.

Masalalarni joyida o‘rganish — sessiya qarorlarining asosli va samarali qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6