Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Mirzayeva hamda Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratovalar ishtirokida tumandagi 2-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
️O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning xavfsizligi hamda muassasa xodimlarining faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
️Shuningdek, muassasada bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib muhit yaratishga xizmat qiladi.