Yangiliklar

Xotira — muqaddas, qadrlash — oliy fazilat.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Bugungi tinch va osuda hayotimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning porloq xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi. Ularning jasorati, mardligi va Vatanga sadoqati biz uchun yuksak ibrat maktabidir.

Shuningdek, bugungi kunda faxriylarimiz, mo‘tabar nuroniylarimizni qadrlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, yurtimizga esa tinchlik va farovonlik tilaymiz.

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddasdir!