Yangiliklar

Zarbdorda pillachilik ishlari ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari Zarbdor tumaniga tashrifi doirasida hududda qishloq xo‘jaligi sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lgan pillachilik ishlarining borishi yaqindan o‘rganildi.

Deputatlar "Taraqqiyot" mahallasidagi pillakorlar bilan uchrashib, sohadagi mavjud holat va kutilayotgan natijalarni tahlil qildilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
✅ Ipak qurti parvarishi va agrotexnik talablarga rioya etilishi;
✅ Ozuqa bazasini mustahkamlash va tutzorlar holati;
✅ Belgilangan reja ko‘rsatkichlarining sifatli bajarilishi.

Pillakorlar bilan o‘tkazilgan samimiy suhbat davomida ipak yetishtirish jarayonidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi va soha mutasaddilariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4