Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Navruzov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Maxtumquli mahallasi fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 313-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimi, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanish holatlari tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ajratilayotgan yordamlarning manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.