Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ko‘p qavatli uy-joylarning obodonlashtirish holatini o‘rganildi

Ko‘p qavatli uy-joylarning obodonlashtirish holatini o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova, Kengashning 7-Mayda saylov okrugi deputati M.Xudoyqulova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyevalar tomonidan Zafar MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning obodonlashtirish holati o‘rganildi.

🔎 Tashrif davomida podezdlarning sanitar holati va ta’mirga muhtoj joylari, yerto‘lalarning tozaligi hamda muhandislik tarmoqlari holati, hovli va bolalar maydonchalarining obodligi, ko‘cha va kirish yo‘laklaridagi yoritish tizimi samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🗣 Aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar, jumladan, yoritish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va joriy ta’mir ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.