Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev “Qorasuv” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla raisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yuritilayotgan hujjatlar holati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganishlar yakunida mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev