Yangiliklar

Maktabdagi sharoitlar bilan tanishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-9-sonli qaroriga asosan Xo‘jayli tumani Samanko‘l OFY hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar holati Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashiga Ekologiya partiyasidan saylangan deputat A.Abdijalieva tomonidan o‘rganildi.

Deputat ushbu umumta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar, kutubxonani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonida bu sohadagi kamchiliklar, uchrayotgan muammolar yechimi nazoratga olinishini aytib o‘tdi. 

Slide 1 of 3