🔷Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasi profilaktika inspektori bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
🔷Uchrashuv davomida bir guruh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning huquqiy ongini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔷Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.