Kengash raisi B.Vafoyev raisligida Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhining navbatdagi yigʻilishi belgilangan tartibda oʻtkazildi.
📊 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
• Ehtiyojmand oilalarni energiya tejamkorlik asosida qoʻllab-quvvatlash;
• Ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash ishlari;
• Mahallalarda 2026-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar;
• Tumanda suv resurslarini boshqarish hamda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish;
• Deputat soʻrovlari natijasi;
• Tuman mahalliy byudjetiga doir.
🗣 Yigʻilish davomida ekspert guruh aʼzolari har bir masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, sessiya kun tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdi.