Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi tumanda 2026-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining tumanda 2026-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

So‘ngra komissiya hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masala yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda doimiy komissiyaning tegishli qarori tasdiqlandi.

Slide 1 of 5