EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova hamda 26-son oilaviy poliklinika hamshirasi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
Fuqarolarning salomatligi ko‘zdan kechirilib, ularga zarur tibbiy maslahatlar berildi hamda kerakli muolajalar amalga oshirildi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik aholini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamga yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.