Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov Inson ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Markazning asosiy yo‘nalishlari, jumladan ijtimoiy to‘lovlar sho‘basi, katta yoshdagilar va og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

 Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi va aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6