Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur qaror asosida 2026-yil I chorak yakuni bo‘yicha Termiz shahar mahalliy budjetining daromadlar rejasi orttirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
💬Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov hisobot berdi. Hisobot davomida qo‘shimcha tushumlar hajmi hamda ularni samarali yo‘naltirish bo‘yicha taklif etilayotgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot taqdim etildi.
💬Komissiya a’zolari tomonidan masala atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli xulosalar shakllantirildi.
✔️Yig‘ilish yakunida mazkur masalani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish maqsadida 10 kun muddatga “E-kengash” elektron tizimiga joylashtirish hamda keyinchalik shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Mas'ullar: Doimiy komissiya raisi A.Mustafakulov.
Kotibiyat bosh mutaxassisi: R.Mamashukurov.