Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi raisi, deputat Suvonqulov Shohhasan hamda kotibiyat mudiri Mamanova Karomat ishtirokida Bog'ishamol mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida hududda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari batafsil muhokama qilindi. Ayniqsa, yer ajratish tartibi, subsidiya va imtiyozli kreditlardan foydalanish masalalari yuzasidan yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar bildirildi. 

Ularning fikr va mulohazalari kelgusida amalga oshiriladigan ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5