Ko‘p qavatli uylar aholisi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov hamda O‘zXDP partiyasidan 3–Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
🏘 Jumladan, Alisher Navoiy mahallasi, Z.Nosirov ko‘chasida joylashgan 21-sonli ko‘p qavatli uylar aholisi tomonidan murojaat kelib tushib, murojaatda uylar oldi hududidagi ko‘cha yoritgichlari ishlamayotgani ma’lum qilingan.
🔎 Mazkur murojaat asosida deputatlar tomonidan hududga chiqib, muammo joyida o‘rganildi va mavjud holat tahlil qilindi.
💡 O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu hududni yoritish tizimini yaxshilash maqsadida zarur mablag‘lar ajratilib, zamonaviy quyosh panelli ko‘cha chiroqlari xarid qilindi.
🛠 Ayni paytda mazkur yoritgichlarni o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🤝 Ushbu chora-tadbirlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.